O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlarni sertifikatlash tartibi muvofiqlikni baholashning rasmiy shakli bo‘lib, muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik deklaratsiyasini berishni o‘z ichiga oladi. Baʼzi mahsulot turlari uchun xabarnoma berilishi mumkin.
Muvofiqlik sertifikati - muvofiqlikni baholash obyektlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya - ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi yoki import qiluvchi muomalaga chiqariladigan mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat.
Muvofiqlikni deklaratsiyalash- mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini majburiy ravishda tasdiqlash shakli.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar - texnik reglamentlar va standartlar.
Sertifikatlashtirish muvofiqlikni baholash organi tomonidan muvofiqlikni baholash obyektlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash tartib-taomilidir.
Mahsulotning muayyan turlarini sertifikatlashtirish uchun qo‘llaniladigan sertifikatlashtirish sxemalari, arizachilarning doirasi tegishli texnik reglamentlarda belgilanadi.
Muvofiqlik sertifikati, basharti tanlangan muvofiqlikni tasdiqlash sxemasiga binoan barcha tartib-taomillarning bajarilishi ijobiy natijalar bergan bo‘lsa, muvofiqlikni baholash organi tomonidan arizachiga beriladi.
Muvofiqlikni tasdiqlash majburiy yoki ixtiyoriy ravishda bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar -ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi.
Muvofiqlik sertifikatini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yhati, Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 18 martda 1458-son bilan ro‘yxatga olingan Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalarining 12-bandida (Chetdan keltiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim) va 14-bandida (Ishlab-chiqariladigan mahsulotni sertifikatlash uchun) ko‘rsatib o‘tilgan.
"NORMA TEST" MCHJ sertifikatlashtirish organi tomonidan akkreditatsiya sohasiga muvofiq, avtotransport vositalarini srtifikatlashtirish ishlari amalga oshiriladi.